Turkiyada portlash. O‘zbekistonlik ayol jarohatlandi (video)

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahridagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan portlashda o‘zbekistonlik 64 yashar Mag‘firat G‘ulomova jarohat oldi. Bu haqda “CNN Türk” telekanali xabar berdi. 

Portlash kecha, 4 iyul kuni soat 16:00 atrofida Istanbulning Chekmako‘y tumani Jomlik mahallasidagi ko‘p qavatli uyning birinchi qavatida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, portlashga tabiiy gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgan. Portlashdan so‘ng uyda yong‘in kelib chiqqan. 

Voqea oqibatida nafaqat birinchi qavatdagi xonadonga, balki ko‘p qavatli uyga, xonadon qarshisidagi binolarga ham zarar yetgan. Xonadon derazasiga o‘rnatilgan panjara portlash zarbidan uchib, ro‘paradagi avtomobillar ustiga tushgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in xizmati xodimlari, politsiya va tez tibbiy yordam guruhi yetib kelgan. Unda zararlangan 64 yashar Mag‘firat G‘ulomova shifoxonaga olib ketilgan.

QALAMPIR.UZ O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi bilan bog‘landi va portlashda zararlangan ayol haqiqatdan ham O‘zbekiston fuqarosi ekanini aniqladi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing