Turkiyada og‘ir ahvolda qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Turkiyada yo‘l-transport hodisasiga uchrab, og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, N.A. ismli fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Turkiyaga borgan. U ishlayotgan oilasi bilan birga yo‘l-transport hodisasiga uchrab, tanasining bir necha qismidan og‘ir jarohat olgan.

Fuqaro turkiyalik shifokorlar tomonidan operatsiya qilingan hamda unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Davolanish yakunlangach esa u turar joysiz, moddiy mablag‘siz va og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan.

Shundan so‘ng O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida fuqaroni O‘zbekistonga xavfsiz qaytarish ishlari tashkil etilgan.

Ma’lum qilinishicha, shifoxona fuqaroning samolyotda uchishi mumkinligi haqida Fit to Fly tibbiy xulosasini bergan bo‘lsa-da, uning sog‘lig‘i alohida e’tibor va ehtiyotkorlikni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolg‘ariya Respublikasida murakkab moddiy va ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing