Turkiyada muxolifatchining saylovdan chetlatilishi ortidan namoyishlar boshlandi (video)
Olam
−
03 aprel 2024 5183 2 daqiqa
“Xalq tengligi va demokratiya” partiyasidan (DEM) nomzod Abdulla Zeydanni saylovdan chetlashtirish qarori ortidan Turkiyaning bir qancha shaharlarida, jumladan Hakkari va Izmirda tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda NTV xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vanda norozilik bildirishga ruxsat berilmagan namoyishchilar ko‘chalarda olov yoqib, barrikadalar qurgan hamda gulzorlarni buzib, mashinalarga zarar yetkazgan.
Politsiya ularni suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatib yuborgan. Shaharda besh kishi hibsga olingan.
Hakkarida esa namoyishchilar shahar markaziga yurish qilmoqchi bo‘lgan. Ammo ular xiyobonlarga tarqalib, xavfsizlik kuchlariga tosh otgan.
Hakkari viloyati gubernatori Ali Chelik to‘qnashuvda bir kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Demokratiya maydonida xavfsizlik kuchlari bilan namoyishchilar o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib, to‘rt kishi hibsga olingan.
Namoyishlar Diyorbakir, Batman, Bitlis, Sirnak va Izmirda ham bo‘lib o‘tdi.
Tartibsizliklar fonida mahalliy hokimiyat 3 apreldan boshlab 2 hafta davomida ommaviy yig‘ilishlarni taqiqladi.
Muxolifat va “Kurdiston ishchilari” partiyasi vakillari yangi norozilik namoyishlari va tartibsizliklarga chaqirmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu namoyishlar Turkiya Adliya vazirligi Van munitsipaliteti meri Abdulla Zeydanni DEM partiyasidan saylov huquqidan mahrum qilishi ortidan kelib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 31 mart kuni Turkiyaning barcha viloyatlarida munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tdi. Istanbulning amaldagi meri, “Jumhuriyat xalq” partiyasi a’zosi Ekrem Imomo‘g‘li 51,09 foiz, uning muxolifatdagi ”Respublika Xalq partiyasi”dan raqibi Murat Kurum 39,59 foiz ovoz to‘pladi.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an saylovdan so‘ng xalqqa qilgan murojaatida hukmron partiya mahalliy saylovlardan “o‘zlari xohlagan va kutgan natijani” olmaganini aytdi.
Live
Barchasi