Turkiyada motam e’lon qilindi
Olam
−
21 yanvar
7597Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 66 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yong‘in sababli 22 yanvarni mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda u bugun, 21 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa qilgan murojaatida so‘z ochdi.
“Mamlakatimizda yuz bergan fojia munosabati bilan milliy motam kuni e’lon qilindi. Bayroqlar 22 yanvar, chorshanba kuni quyosh botguniga qadar tushiriladi. Bu kun siyosat kuni emas, balki birlik va hamjihatlik kuni”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 yanvarga o‘tar kechasi Turkiyaning Bolu viloyati Kartalkaya tog‘ kurortidagi mehmonxonada yong‘in yuz bergan va oqibatda 66 kishi halok bo‘lib, 51 kishi jarohatlangandi. Hozirda hodisa yuzasidan tergov boshlangan va 4 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etgan va jarohat olganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mavjud emas. Yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik yo‘lladi.
LiveBarchasi