Turkiyada may oyidan beri eng ko‘p koronavirusga chalinish holati qayd etildi
Olam
−
20 Oktabr 2020 4250 1 daqiqa
O‘tgan kecha-kunduzda Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq 2 ming 26 ta holat qayd etilgan. Bu may oyidan beri aniqlangan eng katta o‘sish hisoblanadi.
Sentyabr va oktyabr oylarida Turkiyada koronavirus holatining kunlik ko‘rsatkichi ko‘paymoqda.
Ikki kun oldin mamlakatda 1 ming 815 ta holat aniqlangan va u may oyidan buyon kuzatilmagan rekord ko‘rsatkich hisoblangan.
Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatga faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishish mumkinligini aytgan.
Ma’lumot uchun, sentyabr oyida Ko‘ja mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan. Uning ta’kidlashicha, bunga ommaviy bayramlarga yig‘ilayotgan fuqarolarning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 350 mingdan ko‘p koronavirus yuqtirish holati aniqlangan. Mamlakatda 9371 ta o‘lim qayd etilgan. 305 mingdan ko‘p bemor esa sog‘ayib ketgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni esa 40 milliondan oshgan. 27,6 milliondan ko‘p kishi sog‘ayib ketgan. 1,12 milliondan ortiq odam virus qurboni bo‘lgan.
Live
Barchasi
Sanginovning o‘g‘li otasining eski lavozimini egalladi.
31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga bordi.
30 dekabr 2025
Prezident Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.
30 dekabr 2025
Tayvan qirg‘oqlarida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi.
29 dekabr 2025