Turkiyada kriptobirja rahbari 11 ming yilga qamaldi

Olam

image

Istanbul sudi Thodex kriptobirjasining rahbari Faruk Fotih Ozer, uning singlisi va ukasini firibgarlik, jinoiy tashkilotga rahbarlik qilish va pul yuvishda ayblab, har birini 11 196 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli Faruk Fotih Ozer 2021 yilda Thodex birjasi to‘satdan kasodga uchraganidan keyin investor aktivlari bilan Albaniyaga qochib ketgan. U joriy yilning iyun oyida maxsus kuchlar tomonidan Turkiyaga ekstraditsiya qilingan va pul yuvish, firibgarlik va uyushgan jinoyatchilikda aybdor, deb topilgan. Istanbuldagi qisqa sud jarayonida uning singlisi Serap va ukasi Guven ham xuddi shu jinoyatlar bo‘yicha ayblangan.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, sudlanuvchilarga 2027 nafar jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan har bir jinoyat uchun alohida-alohida hukm o‘qilgan. Prokurorlar suddan Ozerni 40 562 yil qamoq jazosiga hukm qilishni so‘ragan, biroq Anadolu oliy jinoyat sudining yakuniy qarori bilan sudlanuvchilarning har biriga nisbatan 11 196 yilga yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Turkiyada 2004 yilda o‘lim jazosi bekor qilinganidan beri bunday favqulodda qamoq jazolari keng tarqalgan. Jumladan, televideniye targ‘ibotchisi Adnan Oktar 2022 yilda firibgarlik va jinsiy jinoyatlar uchun 8658 yilga qamalgan. Uning o‘n nafar izdoshi ham xuddi shunday jazo olgan.

Ma’lumot uchun, Thodex 2017 yilda tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida mamlakatdagi virtual valyutalar uchun eng yirik birjalardan biriga aylangan. Oradan 4 yil o‘tib, O‘zer moliyaviy ishbilarmon sifatida Turkiyada shuhrat qozongan bir paytda, ya’ni 2021 yilning aprelida kriptobirja kasodga uchragan va investor bor-yo‘g‘ini olib Albaniyaga qochib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya Faruk Fotih Ozer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made