Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ortmoqda 

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyada kecha, 30 mart kuni koronavirus bilan bog‘liq 37 303 ta yangi holat aniqlandi. Bu 2020 yilning noyabr oyi oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.  

Kasalliklar sonining o‘sishi Turkiya Hukumati ijtimoiy masofa saqlash va virus yuqtirish xavfsizligi talablarini kuchaytirgandan bir kun o‘tgach qayd etilgan. 

Shu oyning boshida esa Anqara xavfsizlik talablarini yumshatdi va yangi koronavirus holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyaning aksariyat viloyatlarida hafta oxiridagi komendantlik soati qayta tiklanishini e’lon qilgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 3,28 mlndan oshgan. 31 385 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing