Turkiyada O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan shaxslar ushlandi

Olam

image

Turkiya politsiyasi 18 davlat, jumladan O‘zbekiston tomonidan Interpol qidiruviga berilgan jinoyat olamining 56 nafar vakilini qo‘lga oldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X (sobiq Twitter)dagi sahifasida ma’lum qildi

Operatsiyalar bugun, 3 yanvar kuni ertalab Antaliya, Istanbul, Izmir, Manisa kabi 11 shaharda o‘tkazilgan. 

“Uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, pul yuvish, hujumlar, talonchilik, firibgarlik va boshqa jinoiy harakatlarda ishtirok etganlik uchun 18 davlat rasmiylarining so‘roviga ko‘ra, Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxslar qo‘lga olindi”, deydi vazir.

Unga ko‘ra, qo‘lga olinganlar hududiy ichki ishlar bo‘linmalariga olib ketilib, zarur protsessual choralar ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Interpol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing