Turkiyada karantin cheklovlari yumshatildi 

Olam

image

Bugun, 17 maydan boshlab Turkiyada karantin cheklovlari yumshatildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bergan.  

Qayd etilishicha, jamoat transporti orqali shaharlararo sayohatlarga ish vaqtidan tashqarida salonning 50 foizi to‘ldirilishi sharti bilan ruxsat berildi. Voyaga yetmaganlar va 65 yoshdan kattalar uchun bunday sayohatlarga hali ham ruxsat berilmagan. 

Savdo markazlari va xo‘jalik mollari do‘konlari ish kunlari soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Oziq-ovqat do‘konlari va bozorlar dam olish kunlari ham soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlashi mumkin. 

Shu bilan birga, mamlakatda joriy yilning 1 iyuniga qadar ish kunlari soat 21:00 dan 5:00 gacha, dam olish kunlari 24 soatlik komendantlik soati amal qiladi. Ta’kidlanishicha, qoidalar Turkiyadagi sayyohlarga taalluqli emas, ammo mamlakatning doimiy aholisi ularni bajarishi shart. 

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda COVID-19 bilan bog‘liq og‘ir vaziyat tufayli 29 apreldan 17 maygacha to‘liq lokdaun e’lon qilingandi. Bu davrda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha ish joylari o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda an’anaviy ta’lim to‘xtatilgandi. Barcha imtihonlar muddati uzaytirilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 5,12 mln kishida koronavirus aniqlangan. 44 760 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing