Turkiyada kanat kabinasi qulab tushdi (foto)

Olam

image

Turkiyaning Antaliya shahri markaziy hududida kanat kabinasi qulab tushdi. Bu haqda TRT xabar berdi.

Qayd etilishicha, noma’lum sabab bilan Tunektepa kanatining tayanchlaridan biri uzilib ketgan va harakatlanuvchi kabinalardan biri toshloq joyga qulab tushgan.

Oqibatda bir kishi halok bo‘lib, sakkiz kishi yaralangan. Ular orasida Qirg‘iziston fuqarosi ham bor.

Voqea joyiga ko‘plab tibbiy guruhlar va o‘t o‘chiruvchilar yuborilgan. Odamlarni boshqa kabinalardan evakuatsiya qilish uchun tungi parvozga qodir vertolyot jo‘natilgan. Shuningdek, ish paytida bir qutqaruv guruhi a’zosi ham yaralangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 184 kishi kanat kabinalarida qolib ketgan. Shu kunlarda Ramazon hayiti munosabati bilan kanatga yo‘lovchilar ko‘p kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya kanat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing