Turkiyada qo‘lga olingan isroillik futbolchi ozod etildi
Sport
−
15 yanvar
4536Avvalroq, Turkiyada “Antaliyaspor” futbol klubining isroillik yarim himoyachisi Sagiv Yexezkel ommaviy adovat va nafrat uyg‘otishda ayblanib, hibsga olingandi.
Bugun, 15 yanvar kuni Antaliya prokuraturasi Yexezkelni hibsdan ozod qildi. Bu haqda “TRT Haber” ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, futbolchini olib ketish uchun Isroildan maxsus samolyot yuborilgan.
14 yanvar kuni “Antaliyaspor” - “Trabzonspor” uchrashuvida gol urganidan so‘ng Yexezkel qo‘lidagi bandajda yozilgan “100 kun. 7.10” yozuviga ishora qilgandi.
Bu yozuv 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan Falastin-Isroil mojarosining 100-kunini anglatadi. Shundan so‘ng, klub direktorlar kengashi futbolchini jamoa ro‘yxatidan chiqarib yubordi. “Antaliyaspor” bu qarorini Yexezkel Turkiyaning milliy qadriyatlariga qarshi harakat qilgani bilan izohladi.
Yexezkel hibsga olinganidan keyin uning harakatlari provokatsiya emasligini aytdi.
LiveBarchasi