Turkiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ortga qaytarildi
Jamiyat
−
15:42 386 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahriga ish izlab borib, qiyin ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi ortga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona fuqaroning murojaatini ijobiy hal etib, O‘zbekistonga qaytishiga ko‘maklashgan. Uning qaytishi uchun aviachipta xarajatlari esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi tomonidan qoplab berilgan.
Shuningdek, Bosh konsulxona xorijga ishlash maqsadida borayotgan fuqarolarni barcha hujjatlari qonuniy tartibda rasmiylashtirilishiga, tekshirilmagan va shubhali takliflarga ishonmaslikka chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi