Turkiyada Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
Olam
−
17 Sentabr 2023
8178Turkiyaning Izmir viloyatida bortida to‘rt kishi bo‘lgan o‘t o‘chirish vertolyoti suv omboriga qulab tushdi. Bu haqda Qirg‘izistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, vertolyot o‘rmon yong‘inini o‘chirayotgan bo‘lgan. Bortdagi 4 kishining 3 nafari Qirg‘iziston fuqarolari ekani aniqlangan.
Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, bir qirg‘izistonlik shifoxonada, qolgan fuqarolarni qidirish ishlari davom etmoqda.
Turkiya matbuotining yozishicha, omon qolgan qirg‘izistonlik vertolyotning ikkinchi uchuvchisi bo‘lgan, hozirda uning ahvoli og‘ir.
Halokat joyida qutqaruvchilar va konsullik xodimlari ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyada samolyot qulashi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi