Turkiyada qalbaki alkogol sabab vafot etgan o‘zbekistonliklar 14 nafarga yetdi

Olam

image

Kecha, 16 yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yana 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 17 yanvar holatiga ko‘ra, zaharlanish oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklarning umumiy soni 14 nafarni tashkil qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda qalbaki spirtli ichimlik iste’moli tashxisi bilan Turkiya bo‘ylab kasallanganlar soni 88 nafarga yetib, shundan 37 nafari vafot etgan. Ushbu qurbonlar orasida mahalliy aholi vakillari va xorijliklar ham mavjud.

Bildirilishicha, Bosh konsulxona diplomatlari Istanbul shahridagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanish oqibatida davolanayotgan fuqarolarning holidan xabar olgan. Ularning 3 nafarining ahvoli og‘ir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq so‘nggi uch kun ichida Istanbulda qalbaki spirtli ichimliklardan halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetgani, o‘tkazilgan operatsiyalar davomida 8 ta tumanda jami 32 862 litr noqonuniy spirtli ichimlik musodara qilingani va 9 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qalbaki alkogol'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing