Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 147 kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiya politsiyasi ISHID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilib, 147 kishini hibsga oldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, operatsiya bir vaqtning o‘zida Turkiyaning 30 ta viloyatida o‘tkazilgan. Tadbir davomida ISHID faoliyatiga oid muhim hujjatlar va raqamli axborot vositalari musodara qilingan.

Yerliqoya o‘tgan yilning 1 aprelidan joriy yilning 25 martigacha Turkiyada ISHIDga qarshi 1329 ta operatsiya o‘tkazilgani, ular davomida 2919 kishi terror tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Ulardan 692 nafari sud organlari qarori bilan hibsga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya shimoli-g‘arbidagi Sakarya viloyatida 31 martga belgilangan munitsipal saylovlar oldidan teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 33 kishi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing