Turkiyada inflyatsiya 1995 yildan beri eng yuqori cho‘qqiga chiqdi

Olam

image

Turkiyada inflyatsiya iyun oyida 1995 yildan beri rekord darajaga yetdi. Bu haqda mahalliy muxolif gazetalar yozmoqda. Qayd etilishicha, bu hukumatning de-dollarizatsiyaga e’tibor qaratgan holda iqtisodiy siyosatga o‘tish bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirishga va’da bergan chora-tadbirlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganining natijasidir. 

Milliy Statistika Institutining o‘tgan 27 iyun kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra,Turkiyada iyun oyida yillik inflyatsiya 78,62 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga, Inflyatsiyani tahlil qilish guruhi mustaqil ekspertlari bu ko‘rsatkich 175,55 foizni tashkil etganini ta’kidladilar. 

Iyun oyida inflyatsiya o‘tgan yilning shu davriga nisbatan to‘rt baravar yuqori bo‘ldi. Rasmiy statistika shuni ko‘rsatadiki, hukumat shunchaki inflyatsiyaga qarshi siyosat yuritmaydi, deya ta’kidlaydi “Karar” gazetasi. Yozilishicha, Turkiya iqtisodiyotini o‘rta muddatli rivojlantirish dasturi doirasida 2024 yil oxirigacha mamlakatda inflyatsiya darajasi 9,8 foiz qilib belgilangan. 

Gazetaning ta’kidlashicha, Turkiya Moliya vazirligi rahbari Nureddin Nebati rasmiylar inflyatsiya bilan bog‘liq vaziyatni nazorat ostida ushlab turishini va yaqin oylarda u pasayishni boshlashini bir necha bor ta’kidlagan. 

Statistika instituti ma’lumotlari e’lon qilinganidan so‘ng Nebati o‘zining Twitter’ida iyun oyida inflyatsiyaning yuqori ko‘rsatkichlariga salbiy konyunktura, xususan, energiya resurslari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon narxlarining o‘sishi sabab bo‘lganini yozdi. Vazirning qayd etishicha, hukumat Turkiya xalqi uchun salbiy oqibatlarni kamaytirishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rmoqda. 

O‘tgan yilning dekabr oyidan beri Turkiya hukumati turk lirasini mustahkamlashga qaratilgan yangi iqtisodiy siyosat deb ataladigan siyosatni olib bormoqda. Turkiya Markaziy banki o‘sha paytdan beri haftalik repo auksion stavkasini o‘zgarmagan holda 14% darajasida ushlab turdi, biroq ko‘plab mahalliy iqtisodchilar uni oshirish zarurligi haqida gapirmoqdalar. Yil boshidan buyon turk milliy valyutasi 20 foizdan ortiq qadrsizlandi va bu tendensiya, iqtisodchilarning fikricha, davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing