Turkiyada “ikkinchi Bosfor” loyihasiga start beriladi 

Olam

image

Bugun, 26 iyun kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an “ikkinchi Bosfor” loyihasi doirasida oltita ko‘prikning birinchisiga poydevor qo‘yiladigan marosimda ishtirok etadi.  

Qayd etilishicha, kanal qurilishi XVI asrda yashagan Buyuk Sulaymon tomonidan rejalashtirilgan. Loyiha arxitektor Sinan tomonidan ishlab chiqilgan. 

Ta’kidlanishicha, yangi kanalning uzunligi 45 kilometr, kengligi kamida 275 metr va chuqurligi taxminan 21 metrni tashkil qiladi. O‘tkazish hajmi kuniga 185 ta kemani tashkil etadi. 

Erdo‘g‘anga ko‘ra, ushbu loyihaning qiymati 13 milliard dollarni tashkil etib, uning bir qismi davlat byudjetidan ajratiladi. Rasmiylar “yangi Bosfor” tranzit to‘lovlari evaziga yiliga 8 milliard dollar olib kelishiga ishonmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 iyun kuni Marmar dengizining Turkiyaning eng yirik megapolisi Istanbul bilan tutash qismini shilimshiq suyuqlik qoplagani ma’lum bo‘lgandi.   

Shundan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Marmar dengizidagi shilimshiq suyuqlik muammosini hal qilishga va’da bergandi.  

Shundan so‘ng, turkiyalik mutaxassislar 5738 kub metr shilimshiqni — dengiz hayvonlari hayotiga tahdid soluvchi g‘ayritabiiy ravishda paydo bo‘lgan fitoplanktonni to‘plab, uni utilizatsiya qilish uchun yuborishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Bosfor

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing