Erdo‘g‘an Marmar dengizini qutqarishga va’da berdi
Olam
−
08 iyun 2021 5007 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Marmar dengizidagi shilimshiq suyuqlik muammosini hal qilishga va’da berdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bergan.
“Biz dengizimizni qutqaramiz, xususan Marmarni ushbu shilimshiq suyuqlik muammosidan xalos qilamiz”, degan Erdo‘g‘an Butunjahon atrof-muhitni himoya qilish kuni munosabati bilan Istanbulda bo‘lib o‘tgan marosimda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 300 kishilik guruh hozirda Marmar dengizining 90 dan ortiq nuqtalarida, shuningdek ifloslanish manbasini topish uchun quruqlikdagi chiqindi suvlarni tozalash va qattiq chiqindilarni yo‘q qilish ob’ektlarida tekshiruv o‘tkazmoqda.
Avvalroq, Marmar dengizining Istanbul bilan tutash qismini shilimshiq suyuqlik qoplagani haqida xabar bergandik. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, gelga o‘xshash modda suv tubida ham mavjud.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr