Turkiyada Gulanning 46 tarafdori qo‘lga olindi
Olam
−
21 may
5101Turkiya maxsus xizmatlari FETO tashkiloti tarafdorlariga qarshi yangi operatsiya o‘tkazdi (Anqara tomonidan terrorchi deb tan olingan va taqiqlangan). Unda davlat idoralarida turli lavozimlarda ishlagan 46 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Yerliqoya ma’lum qildi.
“FETO tarafdorlariga qarshi operatsiya 28 viloyatda o‘tkazildi, 46 kishi, jumladan Anqara va Istanbulda qo‘lga olindi”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirgan “TRT Haber” telekanali.
Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya Anqara prokuraturasi tomonidan “politsiya xodimlari ishi” – FETO bilan aloqador huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bo‘yicha tergov doirasida o‘tkazilgan.
Turkiya rasmiylari 2016 yil 15 iyuldagi davlat to‘ntarishiga urinishni uyushtirganlikda AQSHda istiqomat qiluvchi voiz Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO tashkilotini ayblaydi. U bostirildi, qarama-qarshilik oqibatida 253 kishi halok bo‘ldi, 2,2 ming kishi yaralandi. Anqara AQSHdan Gulenni ekstraditsiya qilishni bir necha bor talab qilgan, ammo bu urinishlar hozircha hech qanday natija bermagan.
Turkiya Prezidenti Toyib Erdo‘g‘an 20 may kuni Anqara FETO tarafdorlarining oxirgi vakili javobgarlikka tortilguniga qadar ta’qib qilishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 1997 yildagi muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishga aloqador 2018 yildan beri umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan yetti generalni afv etdi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr