Turkiya fuqaroligini olish yanada qimmatlashdi

Olam

image

Endi Turkiyada xorijiy mamlakat fuqarolari kamida 400 ming dollarlik ko‘chmas mulk sotib olgan taqdirda istisno tariqasida mamlakat fuqaroligini olishi mumkin. Bu haqda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilingan qaror bandlarida so‘z boradi.  

Ta’kidlanishicha, qaror bir oydan keyin kuchga kiradi. 

Bungacha xorijiy mamlakatlar fuqarolari Turkiya fuqaroligini olish uchun 250 ming dollarlik ko‘chmas mulk sotib olishlari kerak edi. Bu tartib 2010 yilning fevralidan beri amalda bo‘lgan. 

Sotib olingan ko‘chmas mulk limitini oshirish to‘g‘risidagi qaror Turkiya hukumati tomonidan joriy yilning aprel oyi o‘rtalarida qabul qilingan. Shu bilan birga, sotib olingan ko‘chmas mulk evaziga Turkiya fuqaroligiga murojaat qilgan xorijliklardan kamida uch yil davomida uni sotmasliklari yoki boshqaruvga o‘tkazmasliklari talab qilinishi ta’kidlangan. 

Moliyaviy bozorlardagi o‘zgaruvchanlik tufayli o‘tgan yili xorijliklar orasida Turkiyada mulkka bo‘lgan talab ortgan. Knight Frank konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Istanbul, Anqara va Izmir jahon uy-joy narxlari indeksida yetakchi shaharlar ro‘yxatiga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing