Turkiyada fohishalikda ayblangan 21 ayolning 19 nafari o‘zbekistonlik ekani aytilmoqda

3-sahifa

image

Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida fohishalikda ayblanib, qolga olingan 21 nafar ayolning 19 nafari o‘zbekistonlik bo‘lgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning Turkiyada bo‘lib turgan manbasi xabar berdi.

Gap shundaki, kecha, 18 iyul kuni Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida 21 nafar ayolni fohishalikka undab kelgan va buning ortidan oyiga 1 million turk lirasi (37 ming AQSH dollari) miqdorida daromad topgan o‘zbekistonlik 4 ayol qo‘lga olingani, fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlangan 21 nafar ayol Qirg‘iziston va Turkmaniston fuqarolari ekani aytilgan xabar e’lon qilingan edi. 

Keyinroq QALAMPIR.UZ voqea tafsilotlarini chuqurroq o‘rganishga kirishdi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, fohishalikda ayblanib qo‘lga olingan 21 ayolning 19 nafari o‘zbekistonlik, bir nafari qirg‘izistonlik va yana bir nafari turmanistonlik bo‘lgan. Fohishaxona tashkil etish ayblovi bilan qo‘lga olingan 4 nafar ayolning ikki nafari – G.B., D.M. O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. 

QALAMPIR.UZ ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulligi bilan bog‘landi. Konsullikning vakolatli xodimlari ushbu voqeadan xabardor ekanlari va qo‘lga olinganlarning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida huquq-tartibot organlariga murojaat qilingani, ayni vaqtda so‘rovga javob kutilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing