Turkiyada favqulodda xavfli terrorchi yo‘q qilindi – OAV

Olam

image

Turkiya xavfsizlik kuchlari “Kurdiston ishchi partiyasi” (KIP) terror tashkiloti yetakchilaridan biri Nejati Utku Kirazni yo‘q qildi. Bu haqda “Anadolu” mamlakat IIV matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Jangari Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatida Eren Abluka aksilterror operatsiyasining 21-bosqichi doirasida yo‘q qilingan.

Xabarga ko‘ra, “Azat Kendal” laqabli terrorchi Daralan qishlog‘i yaqinidagi tog‘li hududga yashirinishga uringanda aniqlangan, biroq ATAK hujum vertolyotlari tomonidan yo‘q qilingan.

Kiraz Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan va Turkiya IIV tomonidan o‘ta xavfli terrorchilarning “to‘q sariq ro‘yxati”ga kiritilgan edi.

Bu terrorchining nomi 2016 yilda Anqaradagi Otaturk bulvari yaqinidagi avtobus bekatida sodir etilgan teraktda ham tilga olingan.

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga ko‘ra, KIP jangarilari Turkiyada ilk bor qonli jinoyat sodir etgan 1984 yildan buyon va 2020 yilning martigacha mamlakat xavfsizlik kuchlarining 7500 nafar xodimi va 6800 nafar tinch aholi vakillari bu qonli tashkilot qo‘lida halok bo‘lgan.

AQSH va Yevropa Ittifoqi KIPni terror tashkiloti ro‘yxatiga kiritgan. Anqaraning vaziyatni hal qilish yo‘llarini topishga urinishlariga qaramay, KIP terror tashkiloti 2015 yil iyul oyidan beri qurolli hujumlarni qayta boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya terror

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing