Turkiyada eri tomonidan o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayol homilador bo‘lgani aytildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 23 mart kuni Istanbulning Bog‘chaliuylar tumanida yashagan o‘zbekistonlik 40 yashar U.T. o‘zi bilan birga yashagan 61 yoshli Riza Beler tomonidan tosh bilan o‘ldirilgani hamda uning jasadi bo‘laklarga bo‘linib, muzlatgichga joylangani ma’lum bo‘lgandi. Qotil U.T. bilan chiqqan kelishmovchilik va bu jinoyatni qanday sodir etganini aytib berdi. Uning ma’lum qilishicha, ayol o‘ldirilgan vaqtda homilador bo‘lgan. 

Bakirko‘y tumani 2-jinoyat ishlari sudida bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisida himoyaga chiqqan Riza Beler qotillikning barcha tafsilotlarini aytib berdi. Politsiyaga bergan bayonotidan farqli o‘laroq, u bu safar pushaymon ekanligini bildirgan.  

“Men Istanbul universiteti stomatologiya fakultetida ishchi edim. 2011 yilda nafaqaga chiqdim. U bilan 3 yil oldin savdo markazida tanishganman. U ichki kiyimlar do‘konida ishlagan. Biz bir-birimizni sevib qoldik. Uning O‘zbekistondagi yer maydonida uy qurish uchun 300 ming lira pul berganman. Biz u yerda birga yashamoqchi edik. So‘nggi 20 kun ichida uning menga bo‘lgan munosabati o‘zgara boshladi. Meni uydan haydadi. Voqea sodir bo‘lgan kuni Umidani bir erkak bilan to‘shakda ushladim. O‘sha zahoti erkakni haydadim. U ketganidan keyin Umida bilan janjallashib qoldim. U menga: “Erkakmisan, men boshqa birovdan homiladorman”, dedi. O‘rtamizda janjal bo‘ldi. Men aqldan ozgan edim. Keyin boshiga tosh bilan urib, o‘ldirdim”, deydi Riza Beler.  

Sudya sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasini kutishga qaror qilib, majlisni keyinga qoldirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning O‘zbekistonda 9 yashar qizi va 19 yoshli o‘g‘li bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya O'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing