Turkiyada Erdo‘g‘anning g‘alabasini nishonlayotgan odamlar 4 yoshli qizchani otib qo‘ydi (video)

Olam

image

Istanbulning Sarigazi tumanida Erdo‘g‘anning g‘alabasini nishonlab, o‘q uzayotgan odamlar 4 yoshli qizchani otib qo‘ydi. Bu haqda “Onay Haber” xabar berdi

Qayd etilishicha, olomon amaldagi davlat rahbarining yangi muddatga saylanganini nishonlab, o‘q uzayotgan paytda 4 yoshli qizchani tasodifan otib qo‘ygan. Oqibatda qiz halok bo‘lgan. 

Yana bir holatda O‘rdu viloyati Gulyali shahrida kecha, 28 may kuni prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilinganidan keyin kelib chiqqan janjalda “Yaxshilik” partiyasi vakili pichoqlab o‘ldirildi

Ma’lum qilinishicha, “Yaxshilik” partiyasi a’zosi Erhan Kurt mushtlashuv chog‘ida pichoqlab o‘ldirilgan. Mazkur voqeaga nisbatan amaldagi hukumatning muxolifi bo‘lgan “Jumhuriyat xalq partiyasi” va “Yaxshilik” partiyasi o‘zining keskin munosabatini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52 foizdan yuqori ovoz to‘plab, raqobatchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lini ortda qoldirdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchilardan bo‘lib Erdo‘g‘anni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Keyinroq Bayden va Putin ham uni muvaffaqiyat bilan qutladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya prezidentlik saylovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing