Turkiyadagi saylov janjallarga sabab bo‘lmoqda. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
31 mart
13879Ayni damda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan munitsipal saylovlar paytida odamlar orasida janjal sodir bo‘ldi va oqibatda ikki kishi vafot etdi. Bu haqda "Cumhuriyet" nashri xabar berdi.
Birinchi holat Diyorbakir viloyati Sur tumanidagi Og‘ochlidara mahallasida sodir bo‘lgan. Munitsipal saylovlar uchun ovoz berish vaqtida to‘polon boshlangan. Mushtlashuv chog‘ida tosh, tayoq va to‘pponcha ishlatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir kishi – 44 yoshli Emin Chelik hayotdan ko‘z yumgan, 11 kishi jarohatlangan. Yaradorlar shahardagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Mushtlashuv vaqtida hududga yuborilgan tez yordam mashinalaridan ikkitasi otilgan toshlardan zarar ko‘rgan. Mudhish hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Jandarm guruhlari hududda xavfsizlik choralarini davom ettirmoqda.
Shuningdek, Bursa viloyatida ham mushtlashuv bo‘lgan, bir kishi o‘lgan, yana ikki kishi yaralangan. Mojaroga 32 yoshli Yusuf Yigit ismli shaxsning ikki qarindoshi davlat lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatilganiga qaramay, saylovda boshqa mahalliy urug‘dan bo‘lgan nomzodni qishloq mudirligiga qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘lgan. Yigit bilan ikki amakivachchasi o‘rtasida janjal kelib chiqqan va oqibatda qarindoshlardan biri qurol olib, o‘t ochgan. Yigit voqea joyida vafot etgan, ikki kishi jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, Turkiyada bugun, 31 mart kuni munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatning asosiy qismida saylovlar soat 08:00 da boshlanib, 17:00 da yakunlanadi.
LiveBarchasi