Turkiyada bir yil ichida 100 mingdan ortiq zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
30 Oktabr
1461Mutaxassislar Turkiyada 11 oy ichida 100 mingdan ortiq zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Yaqinda Turkiyaning Adana shahrida joylashgan Kozan tumanida sodir bo‘lgan 5 magnitudali zilzila, 2023 yil 6 fevraldagi Kahramonmarash zilzilalarining silkinishi ekani aniqlandi.
“Asr falokatidan 20 oy o‘tdi, ammo fojia sodir bo‘lgan hududlarda zilzilalar hamon davom etmoqda. Zilzilalar yana 2 yil davom etishi normal holat”, degan mutaxassislar.
Turkiya tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (AFAD)ga ko‘ra, 27 oktyabr kuni Adananing Kozan tumanida 5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. https://qalampir.uz/news/turkiyada-5-balli-zilzila-va-uning-ortidan-20-ta-yer-silkinishi-sodir-buldi-108950 20 kilometr uzoqlikda qayd etilgan zilziladan keyin 6 soat ichida yana 20 ta yer silkinishi sodir bo‘lgan. Ulardan eng xavflisi 3,3 magnitudali. Chukurova universiteti muhandislik fakulteti Geologiya kafedrasi mudiri professor Ulvi San Unlugench Kozandagi zilzila 2023 yil 6 fevralda sodir bo‘lgan Qahramonmarash zilzilalarining orqa silkinishi ekanligini aytib o‘tdi.
“Afsuski, biz vaqti-vaqti bilan o‘sha hududlarga yaqin joyda zilzilalar oqimini boshdan kechiramiz. 20 oktyabr holatiga ko‘ra, 4 dan 4,9 ballgacha bo‘lgan 692 ta zilzila sodir bo‘lgan. Bu zonalarda hozirgacha 5 dan 5,9 ballgacha bo‘lgan 60 ga yaqin zilzila bo‘lgan”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, 16 oktyabr kuni esa Turkiyaning Malatya shahri Kale tumanida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lib, oqibatda 187 nafar fuqaro jabr ko‘rgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr