Turkiyada bir daqiqa davom etgan o‘yinda Superkubok g‘olibi aniqlandi (video)

Sport

image

“Fenerbaxche” futbolchilari “Galatasaroy” bilan Turkiya Superkubogi bahsining 1-daqiqasidayoq gol o‘tkazib yubordi va keyin butun jamoa maydonni tark etdi.

7 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlangan o‘yinda “Galatasaroy” hujumchisi Mauro Ikardi gol urdi, shundan so‘ng “Fenerbaxche” futbolchilari maydondan chiqib ketdi.

Hozirda “Trabzonspor” muxlislari Turkiya chempionati o‘yinidan so‘ng “Fenerbaxche” futbolchilariga hujum qilgani uchun klub ligani tark etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Aprel oyi boshida navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishda klub Superkubok bahsida ishtirok etishdan bosh tortish qaroriga kelgandi, biroq yakunda “Fenerbaxche” norozilik belgisi sifatida yoshlar jamoasi futbolchilarini o‘yinga yubordi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Fenerbaxche Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing