Turkiyada bankka bostirib kirgan o‘zbekistonlik sud qilinyapti

Jamiyat

image

Avvalroq, Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi xususiy banklardan biriga bostirib kirib, erkaklarni garovga olgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘zbekistonlik J.O. joriy yilning 17 dekabr kuni Antaliya shahridagi banklardan birining filialiga hujum qilgan va ikki nafar texnik xodimni garovga olgan. Keyinchalik u huquqni muhofaza qilish organlariga taslim bo‘lgan. 

Hozirda J.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kecha, 18 dekabr kuni Antaliya Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sud jarayoni boshlandi. Advokatlarning ayblanuvchi bilan uchrashishiga ruxsat berildi, biroq u konsullik yordami olishdan voz kechdi. 

Elchixona Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va Turkiyaning tegishli organlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi. 

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi Elchixonasiga (tel.:  +90 312-441-17-46,  +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.:  +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Turkiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing