Turkiyada bandargoh portlashi oqibatida 15 ming tonna don “havoga uchdi”

Olam

image

Kecha, 7 avgust kuni Turkiyaning Kojaeli viloyati Derinje shahridagi bandargohda portlash sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’muriyatining ma’lum qilishicha, portlash oqibatida bandargohdagi oziq-ovqat zaxiralarining 20 foizi zarar ko‘rgan. 

Qayd etilishicha, portning umumiy sig‘imi 95 ming tonnani tashkil etadi. Portlash sodir bo‘lgan paytda esa unda qariyb 75 ming tonnalik zaxira mavjud bo‘lgan. 

“Portning umumiy sig‘imi 95 ming tonnani tashkil etadi. Portlash sodir bo‘lgan silosda allaqachon 75 ming tonna zaxira bor edi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu zaxiraning 20 foizga yaqini (taxminan 15 ming tonnasi) zarar ko‘rgan”, deyiladi Erdo‘g‘an ma’muriyatining Ijtimoiy tarmoqdagi dezinformatsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xabarida. 

Ma’muriyat bayonotida aytilishicha, Derinje portida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidek 8 million tonna emas, balki 15 ming tonna bug‘doy yaroqsiz holga kelgan. Ma’muriyat bunday xabarlarni “spekulyatsiya harakati” deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha sodir bo‘lgan portlashda bandargohdagi 16 ta don elevatoridan kamida 12 tasi shikastlangan. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Rasmiylar portlash qo‘poruvchilik harakati ekanini ham istisno qilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya portlash don bandargoh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing