Turkiyada avtobus portlatildi (video)
Olam
−
12 avgust 2024 16259 1 daqiqa
Bugun, 12 avgust kuni Turkiyaning Shirnak viloyati Silopi tumanida avtobus portlatildi. Bu haqda “Srisis 24” xabar berdi.
Portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan. Voqea tafsilotlari hozircha noma’lum. Turkiyaning ayrim internet manbalari portlash Kurdiston Ishchi partiyasi tomonidan amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xizmatlari qurbonlar soni ortishi mumkinligini bildirgan. Hodisa sabablariga esa hech qanday izoh berilmagan.
Shuningdek, portlash tufayli yo‘llardagi harakat cheklanishi va tirbandlik ortishi mumkinligi haqida aholi ogohlantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborilgani haqida xabar berilgandi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangandi. Gumondor shaxs esa Turkiyada qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr