Turkiyada avtobus ag‘darilib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Turkiyada Aksaray-Anqara avtomagistralining Ajipinar qishlog‘iga kirish hududida avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jarohatlangan. Bu haqda TR haber xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Balikesir shahridan Kapadokiyaga yo‘lga chiqqan avtobus Aksaray-Anqara avtomagistralining taxminan 40-kilometrida yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan. Voqea joyiga tez yordam mashinalari, politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisada 6 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi jarohat olgan.

Voqea joyiga borgan Aksaray viloyati hokimi Mehmet Ali Kumbuzo‘g‘li jurnalistlarga bergan intervyusida sayohat avtobusi Balikesirdan Kapadokiyaga ketayotganini tasdiqlagan.

“Afsuski, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 nafar fuqaromiz hayotdan ko‘z yumgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 25 nafar jarohatlangan fuqaromiz bor. Ularni Aksaray davlat shifoxonasiga jo‘natdik. Tekshiruv boshlandi. Qisqa vaqt ichida natijalar e’lon qilinib, zarur choralar ko‘riladi. Aksarayimizga hamdardlik bildiraman, halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat tilayman”, deydi hokim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrda Qohirani Qizil dengiz qirg‘og‘i bilan bog‘lovchi avtomagistralda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan va 33 kishi jarohatlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya avtobus Aksaray-Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing