Turkiyada avtobus ag‘darildi. O‘ttizdan ortiq odam jabrlandi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir shahrida yo‘lovchi avtobusining ag‘darilib ketishi oqibatida 35 kishi jabrlandi. Bu haqda "TRT Haber" ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Diyorbakir shahrida avtobus ag‘darilishi oqibatida 35 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Ulardan uchtasi og‘ir ahvolda. 

Yaradorlar tiqilib qolgan joyidan brigadalar tomonidan olib chiqilib, shaharning turli shifoxonalariga yetkazilgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus yon tomonga ag‘darilgan.

Voqea joyida qutqaruvchilar, politsiya, o‘t o‘chirish va favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Misrda avtobus kanalga qulashi oqibatida 20 kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing