Turkiyada avtobus 42 yo‘lovchisi bilan ag‘darilib ketdi
Olam
−
26 iyul 2028 1 daqiqa
Kecha, 25 iyul kuni Turkiyaning Qiriqqal’a viloyatida avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 40 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Cumhuriyet” xabar berdi.
“Avtobusda 42 kishi, jumladan, kompaniyaning uch nafar xodimi bo‘lgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 40 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Gazetaning ma’lumotlariga ko‘ra, YTH tүnda Qiriqqal’a – Samsun avtoyo‘lining Kimeski mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Avtobus haydovchisi hozircha aniqlanmagan sabablarga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan.
Hodisa joyiga tez yordam, politsiya va qutqaruv xizmatlarining ko‘plab brigadalari yuborilgan. Jabrlanganlar Qiriqqal’a shifoxonalariga yetkazilgan.
Halokat sabablari aniqlanmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida xorij fuqarolari yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada ikki avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘lgandi, yana 30 kishi jarohat olgan edi.
Live
Barchasi