Turkiyada 6 balli zilzila. Og‘ir jarohatlanganlar bor

Olam

image

Turkiya shimoli-g‘arbidagi Duzje viloyatining Ko‘lyoqa hududida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 46 kishi jabrlandi. Bu haqda 23 noyabr kuni Turkiya sog‘liqni Saqlash vazirligi rahbari Fahrettin Koja ma’lum qildi. 

Yerosti silkinishlari mahalliy vaqt bilan soat 04:08 da qayd etilgan va Istanbul, Bolu, Sakarya, Anqara, Bartin, Kojaeli, Kutahya, Bilejik, Zonguldak, Bursa va Izmirda sezilgan. Zilzila epimarkazi 6,81 km chuqurlikda joylashgan. 

Jarohatlanganlardan bir qanchasining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. 

Bolu gubernatori Erkan Qilich, zilzila vaqtida bir necha fuqaro vahima ichida balkondan sakrab chiqqanini aytdi. 

Shu bilan birga, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila oqibatida keng ko‘lamli vayronagarchiliklar haqida ham ma’lumot yo‘q. \

Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi va Turk Qizil yarim oy jamiyati xodimlari mahalliy aholiga ko‘rpa-to‘shak va anjomlar tarqatmoqda. Boshqarmaga ko‘ra, zilziladan keyin maksimal 4,3 magnitudali 74 ta yer silkinishi qayd etilgan. 

Turk Qizil yarim oy jamiyati rahbari Kerem Kinik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarning barcha ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi. 

Zilzila tufayli ta’lim muassasalarida darslar bir kunga bekor qilindi. 

Yoqilg‘i quyish shoxobchasida uzun navbatlar paydo bo‘ldi. Odamlar ko‘chada olov yoqish orqali isinishga harakat qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Zilzila

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing