Turkiyada 4 qavatli uy qulab tushdi (video)
Olam
−
25 yanvar
6707Turkiyaning Konya shahrida to‘rt qavatli uy qulab tushdi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 24 yanvar kuni soat 20:00 atrofida markaziy Selchuklu tumanidagi Selchuk mahallasida sodir bo‘lgan. Hozirda hodisa joyida favqulodda xizmatlar xodimlari vayronalar ostidagi insonlarni chiqarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ayni vaqtda halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q, ammo kamida besh kishi qulagan uy ostida qolgani, ulardan ikki nafari qutqarilgani aytilmoqda. Binoning qulashiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.
“Binoning qulashi uchun mas’ul ekanligi iddao qilingan 4 gumondor qo‘lga olindi. Voqea joyida ekspert komissiyasi va prokurorlar hamrohligida batafsil tekshirish va tergov harakatlari davom etmoqda. Voqea har tomonlama sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoyaning aytishicha, binoda 79 kishi yashayotgani va bino ostida atigi 5 kishi borligi ma’lum bo‘lgan. Bino qulaganidan taxminan 5 soat o‘tgach, vayronalar ostida qolib ketgan ikki kishi tirik holda qutqarib olingan. 7 soat davomida uchinchi odam ham tirik holda olib chiqilgan. Bir kishining jonsiz jasadi topildi.
Eslatib o‘tamiz, 21 yanvarga o‘tar kechasi Turkiyaning Bolu viloyati Kartalkaya tog‘ kurortidagi mehmonxonada yong‘in bo‘lgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva