Turkiyada 37 yoshli erkak 6 kishini otib tashladi (video)
Olam
−
19 may 4699 1 daqiqa
Kecha, 18 may kuni Turkiyaning Mersin viloyatida 37 yoshli erkak ov quroli bilan odamlarni otib tashladi. Hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Mersin viloyatining Chamliyayla tumanida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi erkak sobiq turmush o‘rtog‘i bilan janjallashgan va unga o‘zining ov miltig‘i bilan o‘q uzgan. Ayol voqea joyida vafot etgan.
Shundan so‘ng, gumonlanuvchi boshqa bir odamni o‘ldirishni ko‘zlab Tarsus tumaniga yo‘l olgan. U yerda avvaldan nizosi bo‘lgan shaxsga tegishli restoranga bostirib kirib, bir nechta kishiga qarata o‘t ochgan. Hujum oqibatida restoran egasi va xodim og‘ir yaralangan.
Boshqa bir mahalliy manbalarga ko‘ra, erkak restorandan chiqqandan keyin ham yo‘lda duch kelgan odamlarga qarata o‘q uzgan. Dastlabki tergovda 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgani va yana 3 kishi shifoxonada vafot etgani hamda 8 nafar tinch aholi turli darajada jarohatlangani aniqlangan. Tergov hujjatlariga ko‘ra, gumonlanuvchi muntazam giyohvand moddalar iste’mol qilgan va hujum vaqtida ham sarxush bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Balikesir viloyatidagi alkogol do‘koniga qurolli hujum uyushtirilib, oqibatida yon tomondagi oshxonada ovqatlanayotgan Balikesir universiteti Huquq fakulteti ilmiy xodimi Semix Kachmaz ham vafot etgan edi.
Mohina Qudratillayeva
Live
BarchasiPutin Xitoyga yetib bordi
19 may