Turkiyada 30 dan ortiq odam soxta alkogoldan zaharlanib, vafot etdi

Olam

image

Turkiyaning bir necha viloyatida 30 dan ortiq odam soxta alkogoldan zaharlanish natijasida vafot etdi. Bu haqda "Sozcu" gazetasi xabar berdi.

Politsiya xodimlari Mersin viloyatida yashirin spirtli ichimliklar ishlab chiqarilish holatini aniqlashgan. Ularda ortiqcha metanol miqdori aniqlangan. Bu esa zaharlanish uchun sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Izmir, Mersin, Kirikkale, Mugla va Istanbulda hammasi bo‘lib 33 kishi vafot etgan. 34 kishi zararlangan - ular hozirda shifoxonada. Uch kishi hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' turkiya

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing