Turkiyada 2500 yil avvalgi ibodatxona qoldiqlari topildi

Olam

image

Turkiyada arxeologlar taxminan, 2500 yil oldin qurilgan Afrodita ibodatxonasining qoldiqlarini topdi. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, ibodatxona mamlakatning g‘arbiy qismida, Urla-Chashma yarimorolida joylashgan bo‘lgan. 

Tadqiqotchilar umumiy hisobda 35 ta qadimiy manzilgohni aniqlagan, ulardan 16 tasi, shu jumladan ibodatxona qoldiqlari ham neolit davrining oxiriga tegishli bo‘lgan. 

Mimar Sinan nomli san’at universiteti arxeologi, qazish ishlariga rahbarlik qilgan Elif Koparal kashfiyotni, ya’ni, ibodatxona qoldiqlarini “ta’sirchan” va “ajoyib”, deb atagan. Shuningdek, u Afrodita miloddan avvalgi VI asrda ibodatxona qurilishi paytida katta hurmatga sazovor bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing