Turkiyada 23 yoshli yigit 16 yoshli qizni pichoqladi (video)

Olam

image

Joriy yilning 10 fevral kuni Turkiyaning Ig‘dir shahrida 23 yoshli yigit qarshisidan chiqqan 16 yashar qizni pichoqladi. Bu haqda DHA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Jumhuriyat tumanidagi Jumhuriyat ko‘chasida ro‘y bergan. Y.B. ko‘chada ketayotib qarshisidan kelayotgan 3 nafar qizning birini tutib, qornidan pichoqlagan. Atrofdagilar tez yordamga xabar bergach, yaralangan qiz shifoxonaga olib ketilgan. Shifoxonada unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, hayoti saqlanib qolingan. 

Hodisa ortidan hibsga olingan Y.B. tergovda D.B.ni tanimasligini aytgan.

“Uyimdan chiqdim va birini pichoqlashim kerak, dedim”, deydi Y.B.

Shu tariqa, u yo‘lda qarshisidan uchragan qizni pichoqlagan. Jinoiy sud uni “qasddan odam o‘ldirishga urinish” aybi bilan qamoqqa olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda 17 yoshli o‘smir o‘z tanishi bilan avvalroq o‘rtasida yuzaga kelgan nizo oqibatida janjallashib, xo‘jalik pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazgan holda qasddan o‘ldirgandi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Ig'dir shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing