Turkiyada o‘zbekistonlik 22 yoshli do‘stini otib qo‘ydi
3-sahifa
−
12 aprel
7416Turkiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan yigit boshqa bir o‘zbekistonlik tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda bugun, 12 aprel kuni O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 aprel kuni Istanbul viloyati Fotih tumanida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Instagram ijtimoiy tarmog‘iga to‘pponcha bilan video olib joylamoqchi bo‘lgan. Orada yuzaga kelgan anglashilmovchilik oqibatida 22 yoshli S.Gebbarov xonadoshi va o‘rtog‘i U.Rahmatilloyev tomonidan otib qo‘yilgan.
S.Gebbarov bosh qismiga tekkan o‘q oqibatida voqea joyida vafot etgan. U.Rahmatilloyev esa mahalliy politsiya tomonidan ushlangan.
U.Rahmatilloyevning ko‘rsatmasiga ko‘ra, ikki o‘rtoq Ramazon hayitidan bir kuni oldin birgalikda iftor qilib, gaplashib o‘tirishgan. S.Gebbarov to‘pponcha bilan video olmoqchi bo‘lgan. U.Rahmatilloyev to‘pponchani o‘qsiz deb o‘ylab bilmasdan otib qo‘ygan.
“Vafot etgan vatandoshimizning jasadini mamlakatimizga yuborish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deyiladi konsullik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni o‘zbekistonlik Iroda Po‘latova Turkiyada bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi