Turkiyaning 30 dan ziyod provinsiyasida komendantlik soati e’lon qilindi

Olam

image

Turkiyada mamlakat aholisi ikki kun mobaynida uylaridan chiqishi taqiqlandi. Hukumat tomonidan qabul qilingan ushbu qaror mamlakatda koronavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda.

Mamlakatdagi 31 provinsiyada, jumladan, Anqara hamda Istambulda aholi o‘z uylarini 11 va 12 aprel kunlari tark etishi taqiqlandi. 

Avvalroq, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tibbiyot niqoblarini sotishni taqiqlagan, ularni mamlakat bo‘ylab tekin tarqatish yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga 47 029 nafar odam chalindi. 2 423 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1006 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing