Turkiyada 17 yoshli o‘zbekistonlik yigit Iroq fuqarosini pichoqladi (video)
3-sahifa
−
13 aprel 2023
16199Turkiyaning Qirqqal’a viloyatida 17 yoshli o‘zbekistonlik yigit opasi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan shaxsni pichoqlab, qorniga og‘ir jarohat yetkazdi. Voqea u sodir bo‘lgan joydagi xavfsizlik kamerasiga tushib qolgan.
Hodisa Qirqqal’a markazida Demokratiya va respublika maydonida yuz bergan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi A.U. (17 yosh) va opasi bilan uchrashmoqchi bo‘lgan Iroq fuqarosi M.S.A. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Qisqa vaqt ichida kuchayib ketgan bahs mushtlashuvga aylangan. Mushtlashuv chog‘ida A.U. o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan M.S.A.ning ko‘krak qismiga tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng gumonlanuvchi A.U. qo‘lidagi pichoqni ko‘chaga tashlab, voqea joyidan qochib ketgan.
Mojaro maydondagi xavfsizlik kamerasiga muhrlangan. Kadrlarda ikki guruhning maydonda urushayotgani aks etgan. Mushtlashuvdan so‘ng M.S.A.ning yerga yiqilgani, uni pichoqlagan shaxs esa sheriklari bilan qochib ketganini ko‘rish mumkin.
Hodisani ko‘rgan fuqarolar tez yordam xizmatiga xabar bergan. Voqea joyiga sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yetib kelgan. Shu yerning o‘zida jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazilgan. Uning ahvoli og‘ir ekani ma’lum qilingan.
Qirqqal’a viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat xavfsizligi bo‘limi Qotillik byurosi guruhlari voqeadan so‘ng g‘oyib bo‘lgan A.U.ning manzilini aniqlab, qo‘lga oldi. Ma’lum bo‘lishicha, u oldin ham 8 ta jinoiy ish – o‘g‘rilik va qasddan tan jarohati yetkazganlik bo‘yicha sudlangan.
LiveBarchasi