Turkiyada hokimiyatni ag‘darishga uringan Gulen o‘ldimi?

Olam

image

2016 yilda Turkiyada davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan Fathulloh Gulen o‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar turk OAV tomonidan tarqatildi. Gulen tomonidan AQSHning Pensilvaniya shtatida tashkil etilgan “Oltin avlod” tashkiloti rahbariyatiga yaqin manba esa bu ma’lumotlarni rad etdi.  

“Bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, bu yolg‘on”, degan manba. 

Tashkilot turk matbuoti tarqatgan ma’lumotlarga rasman javob bermagan. Pensilvaniya politsiyasi ham bu ma’lumotga izoh bera olmasligini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 18 noyabr kuni Turkiyaning muxolifatchi “Oda TV” axborot portali Gulen Pensilvaniya shtatidagi uyida zaharlangani haqida iddao qilgan. So‘nggi bir necha soat davomida ijtimoiy tarmoqlarda shu mavzudagi mish-mishlar tarqalgan. 

AQSH ommaviy axborot vositalarida ham Gulenning o‘limini tasdiqlovchi yoki rad etadigan ma’lumotlar yo‘q. 

Ma’lumot uchun, 2016 yilning 15 iyul kuni Turkiyada davlatga qarshi to‘ntarishga urinish amalga oshirilgandi. Unda mamlakat xavfsizlik kuchlari, ichki ishlar, prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Kurolli Kuchlar, mudofaa tizimlariga o‘rnashib olgan kimsalar Erdo‘g‘an boshchiligidagi hukumatga qarshi to‘ntarishni amalga oshirib, Prezidentni hokimiyatdan ag‘darishni maqsad qilgan edi. To‘ntarishga urinishlar xalqning ko‘chalarga chiqib, mamlakat demokratiyasini himoya qilishi bilan bostirildi. Oqibatda 251 nafar begunoh insonlar qurbon bo‘ldi.

Ushbu davlat to‘ntarishiga urinish Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik guruhi va uning davlatdagi korchalonlari orqali amalga oshirilgani ma’lum qilindi. Turkiya hukumati to‘ntarishga urinishdan so‘ng Fathulloh Gulen va u boshchiligidagi tashkilotga qarshi murosasiz kurashni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya to'ntarish Gulen

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing