Turkiyada ham ish haftasi qisqartirilishi mumkin

Olam

image

Turkiya hukumati mehnat kodeksiga ish haftasini 48 soatdan 35-40 soatgacha qisqartirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar tayyorlashni boshladi. Bu xaqda “Sabah” gazetasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, rasmiylar sohalar bo‘yicha farq qiluvchi mehnat qonunlarini birlashtirish va bandlik sektori uchun keng qamrovli va yagona tartibga solishni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Mamlakatda 1936 yilgi Mehnat qonuni ish normasiga ko‘ra, kuniga 8 soat va haftasiga 48 soat ish rejimi belgilangan. 2003 yilda mehnat qonuni qayta ko‘rib chiqildi, ish haftasi 45 soatni tashkil etdi. Biroq, ushbu normalar, tarmoqlar uchun alohida qoidalar mavjudligi sababli, hamma joyda qo‘llanilmaydi. 
Shunday qilib, media sektorida va dengiz mehnat qonunchiligida 48 soatlik ish haftasi norma bo‘lib qolmoqda, boshqa sohalarda esa 45 soatlik haftalik qoida amal qiladi. Shu bilan birga, xodim yiliga 270 soatgacha bo‘lgan qo‘shimcha ishlarga jalb qilinishi mumkin.

Hukumat barcha kasbiy guruhlar uchun qoidalarni unifikatsiya qilishni va haftasiga 35-40 ish soatini norma va yangi qo‘shimcha ish reglamenti sifatida joriy etish niyatida. Ushbu o‘zgarishlar texnologik rivojlanishning hozirgi holatini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan, bu esa jarayonlar samaradorligini oshirish orqali ish vaqtini qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ishga qabul qilingan xodimlarning huquqlari, ustama to‘lash qoidalari va miqdorlari, ish vaqtidan tashqari ish vaqti koeffitsiyentlari, ijtimoiy kafolatlarga doir ayrim huquqiy normalarni qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, mazkur qoidalarni qayta ko‘rib chiqish xodimlar manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Qozog‘istonda 4 kunlik ish haftasiga o‘tilgandi. Germaniyada ham ish haqi saqlangan holda to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish sinov tariqasida 50 dan ortiq kompaniyalarda sinab ko‘rilgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing