Turkiyada hakamni urgan prezident uch yilga qamalishi mumkin

Sport

image

Turkiya Superligasi doirasidagi “Rizespor”ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng hakamni urgan “Anqaraguju” klubi prezidenti Faruk Koja davlat xizmatchisiga qasddan shikast yetkazish moddasi bo‘yicha bir yildan uch yilgacha muddatga qamalishi mumkin. Bu haqda “A Spor” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Koja jinoiy jazodan tashqari, agar aybdor deb topilsa, 1,5–2 yil muddatga futbol faoliyatidan chetlashtirilishi mumkin. Futbol maydonida hakamga qilingan hujum tufayli jazo ikki barobarga oshirilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Qayd etilishicha, Koja o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga rozi emasligini ma’lum qilgan. U o‘z harakatini o‘yin davomida hakamning o‘zini provokatsion tutganligi bilan izohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq holatga Turkiya Prezidenti  Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham munosabat bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Faruk Koja

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing