Turkiyada hakamni urgan klub prezidenti qamoq jazosiga hukm qilindi
Sport
−
11 noyabr
3667Turkiyaning “Anqarguju” klubi sobiq prezidenti Faruk Koja 2023 yil dekabr oyida o‘yin vaqtida futbol hakamiga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Hakam Halil Meler 2023 yil dekabrida “Anqaraguju” va “Rizespor” o‘rtasidagi o‘yinda kaltaklangan edi. Ish bo‘yicha to‘rt nafar ayblanuvchi turli muddatlarga qamalgan.
“Rizespor” bilan o‘yinda (1:1) Koja bir necha kishi hamrohligida maydonga yugurib chiqib, hakam Halil Umut Melerni kaltaklagan. O‘shanda Meler shifoxonaga yotqizilgan. Bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Turkiya futbol federatsiyasi ushbu hujum tufayli chempionatni ma’lum muddatga to‘xtatdi. Meler yotgan shifoxonaga Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari borgan va hatto Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an unga qo‘ng‘iroq qilib, tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
Kojaga 3 yil 7 oy 22 kunlik qamoq jazosi berildi. Bundan tashqari unga o‘lim bilan tahdid qilganlik va “sportda zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida”gi qonunni buzganlik uchun yana 6,5 oy va 5 oy ham qo‘shiladi, ammo oxirgi ikki hukm hozircha kechiktirilgan.
LiveBarchasi