Turkiya yozda shimoliy Iroqdagi harbiy pozitsiyasini kuchaytiradi– Erdo‘g‘an 

Olam

image

Turkiya Qurolli kuchlari shu yil yozda shimoliy Iroqdagi aksilterror operatsiyasi hududida o‘z pozitsiyalari va bazalarini mustahkamlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 12 fevral kuni mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Vazirlar Mahkamasining Anqarada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi yakunida ma’lum qildi.

"Yoz oylarida biz "Panja" operatsiyasi hududidagi pozitsiyalarimizni mustahkamlashni yakunlaymiz. Biz shu orqali terrorchilarga qarshi ancha samarali choralar ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi", deydi Prezident. 

Turkiya Qurolli kuchlari tomonidan 2019 yildan buyon shimoliy Iroqning bir qator hududlarida “Panja” operatsiyasi olib borilmoqda. U Turkiyada terrorchi tashkilot deb topilgan Kurdiston Ishchilar partiyasi va unga aloqador kuchlarga qarshi qaratilgan.

"Turkiya janubiy chegaralarida terror davlati paydo bo‘lishining oldini olish uchun hamma narsani qiladi. Biz terror tashkilotlari a’zolarini qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, yo‘q qilishda davom etamiz. Va ularning infratuzilmasini vayron qilamiz", deydi Erdo‘g‘an.

Shu bilan birga, Prezident “Turkiya Iroqning hududiy yaxlitligini albatta hurmat qilishini” ta’kidladi. 

Shuningdek, u iroqlik rasmiylardan o‘z yerlaridan Anqaraga qarshi harakat qilayotgan terrorchilar uchun baza sifatida foydalanishga yo‘l qo‘ymasliklarini haqli ravishda kutayotganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Iroq Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing