Turkiya yarim prezidentlik boshqaruviga o‘tishi mumkin
Olam
−
21 iyul 4979 1 daqiqa
Turkiyaning amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi rejalashtirilgan konstitutsiyaviy islohotlar doirasida respublikaning yarim prezidentlik boshqaruv shakliga o‘tishi masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Ekonomim” gazetasi xabar berdi.
Bildirilishicha, prezidentlik va parlament respublikasi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan aralash tizimga o‘tishning maqsadga muvofiqligi parlamentni mustahkamlash va unda hukmron partiyaning ko‘pchilikni tashkil etishini ta’minlash zarurati bilan asoslanadi. Islohotlar doirasida, xususan, bir mandatli saylov tizimiga o‘tish taklif etilmoqda. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, bu masala Turkiya demokratiya jamg‘armasi vakillari tomonidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ko‘tarilgan.
Rasmiylar hozircha gazeta nashriga izoh bermadi, Erdo‘g‘anning o‘zi avvalroq respublikaning prezidentlik boshqaruv shaklidan parlament boshqaruv shakliga qaytishi mumkinligi haqidagi bahslarni befoyda deb bilishini bir necha bor ta’kidlagan edi.
Turkiya 2017 yilda umumxalq referendumida konstitutsiyaviy tuzatishlar qabul qilinganidan keyin 2018 yilda prezidentlik tizimiga o‘tdi.
Live
Barchasi