Turkiya yana 2 mamlakatdan AQSH qo‘shinlari olib chiqilishini xohlaydi – Erdo‘g‘an 

Olam

image
0:00
0:00
download

Anqara AQSH qo‘shinlarining Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham olib chiqilishini xohlaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.  

“Agar menda tanlov bo‘lsa, men ular Afg‘onistonni tark etganidek, Suriya va Iroqni ham tark etishlarini istardim. Agar biz dunyoda tinchlik o‘rnatmoqchi bo‘lsak, bu mintaqalarda qolishning ma’nosi yo‘q, biz bu xalqlarga, bu ma’muriyatlarga o‘zlari qaror qabul qilish imkoniyatini berishimiz mumkin”, degan u tegishli savolga javob berib. 

Undan “bu vaziyat Turkiya AQSHning Suriyadagi o‘rnini egallashini anglatadimi?”, deb so‘rashgan. 

“Men aniq aytaman: biz hech qachon bizni xohlashmagan joyda qolmaymiz”, deb javob bergan Turkiya rahbari. 

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘an AQSH, Rossiya, Eron va Turkiya birgalikda harakat qilib, Suriya va Iroqda tinchlik o‘rnatishidan umid qilmoqda. 

“Umid qilamanki, AQSH, Rossiya, Eron va Turkiya ham Suriyada, ham Iroqda bu mintaqalar xalqlari tinchligi uchun birgalikda ishlay oladi”, degan Erdo‘g‘an. 

Avvalroq, Erdo‘g‘an Amerika Prezidenti Jo Bayden bilan hamkorligi boshidanoq noto‘g‘ri boshlanganini ma’lum qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing