Turkiya viloyatlari alanga ichida qoldi (video)
Olam
−
28 iyun 2025 15093 2 daqiqa
Turkiyaning bir nechta viloyatlarida, jumladan, kurort hududlarida ham o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Bu haqda İHA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bursaning Usmong‘ozi tumanida o‘rmon yong‘ini yuzaga kelgan. Kuchli shamol sababli olov tezlik bilan o‘rmon hududidan yashash mahallalariga o‘tgan – bir nechta uylar shikastlangan.
Yong‘inni o‘chirish ishlarida o‘t o‘chiruvchilar, jandarm bo‘linmalari, Turkiya Ichki ishlar vazirligiga qarashli Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) xodimlari va o‘rmon xo‘jaligi mutasaddilari ishtirok etmoqda. Quruqlikdagi texnika va shaxsiy tarkibdan tashqari, o‘rmon xizmati va jandarmiyaga tegishli vertolyotlar ham safarbar etilgan. Operatsiyada ko‘ngillilar ham qatnashmoqda.
Xavf zonalarida bo‘lgan aholi evakuatsiya qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Antaliya viloyatida ikki joyda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan. Ulardan biri Aksu tumanida – u yerda dalalardagi ekinlar yonib ketgan. Yong‘in tezkorlik bilan cheklanib, issiqxonalar va turarjoylarga tarqalishining oldi olingan.
Alanya tumanida esa yong‘inlarni o‘chirish ishlari havo va quruqlik orqali davom etmoqda.
Yong‘inlar asosan sayyohlik zonalari va sohilbo‘yi hududlaridan uzoqda yuzaga kelgan. Yong‘in o‘chirish ishlari sabab yaqin atrofdagi binolardan ayrim aholi vakillari evakuatsiya qilingan.
O‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda vertolyotlar va samolyotlar ishtirok etmoqda. Politsiya yong‘inlar sababini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Kanadaning Manitoba provinsiyasining janubida sodir bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inlari oqibatida ikki kishi halok bo‘lgandi. Yong‘inlarga anomal issiqlik va uzoq davom etgan qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025